Seminarda “Roman–german filologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi Babaniyazova Oydin Allaberganovnaning “Yozish ko‘nikmasini rivojlantirishda DeepDreamGenerator ilovasidan foydalanish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
Ma’ruzada chet tili ta’limida yozma nutqni rivojlantirishda vizual materiallarning ahamiyati, xususan, DeepDreamGenerator ilovasi yordamida yaratilgan ijodiy tasvirlardan foydalanish metodikasi batafsil yoritib berildi. Ushbu ilova orqali hosil qilingan tasvirlar talabalarda tasavvur va ijodiy fikrlashni faollashtirib, yozma nutq uchun samarali motivatsion vosita bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
Seminar yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar savol-javoblar hamda qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.