Urganch innovasion universiteti jamoasi talabalari bilan biga tashrif buyurdi. Tashrifda Urganch innovasion universiteti rektori, Turon fanlar akademiyasi akademigi, Filologiya fanlari doktori Ishmuratov Madamin Jumaboyevich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, dotsent Matyakubov Nurbek Rayimberganovich, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, ular muzeydagi nodir eksponatlarni tomosha qilish bilan birga xodimlar tomonidan berilgan qimmatli ma’lumotlarni tinglash va o‘z bilim va tajribalarini yanada boyitish imkoniga ham ega bo‘ldilar.