Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusida “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi


Joriy yilning 9-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.

Mazkur darslarning asosiy maqsadi talabalarga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi hamda ijtimoiy-siyosiy faoliyatini ilmiy asosda tushuntirish, ularning milliy va jahon madaniyati taraqqiyotidagi o‘rnini anglatishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulotlar davomida oliygoh rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan buyuk siymolarning turkiy adabiyot, milliy tafakkur va davlatchilik tarixidagi ahamiyati yoritib berildi. Shuningdek, ularning asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik g‘oyalari tahlil qilindi.

Xususan, Fizika-matematika fakultetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov va fakultet dekani J.Xo'jamov ishtirokida, shuningdek, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida fakultet dekani J.Ruzimov ishtirokida mazkur mavzudagi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Talabalar buyuk ajdodlar merosini chuqurroq anglash, tarixiy manbalarga ilmiy va tanqidiy yondashish, ma’naviy yetuklik va fuqarolik ongini rivojlantirish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. 


 

















Ulashish