Close


Vatan uchun , millat uchun , xalq uchun


Hazorasp tumani 23-sonli va Shovot tumani 53-sonli “Jasorat” maktablarining 5, 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif yosh avlodni O‘zbekiston xalqining mustaqilligi va taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, totalitar tuzum davridagi siyosiy qatag‘onlarning og‘ir oqibatlari hamda milliy tariximizning ibratli sahifalarini chuqur anglash maqsadida tashkil etildi. Tashrif chog‘ida muzey xodimlari o‘quvchilarga muzeyning noyob eksponatlari, arxiv hujjatlari, fotosuratlar va shaxsiy buyumlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. 

Ulashish