Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA NAVBATDAGI TASHRIF


25-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga Qozog‘iston Respublikasining Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti vakillari — t.f.n., dotsent R.Kaldibayev hamda t.f.n., dotsent A.Yeshchanov tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kuramboyev hamrohligida mehmonlarning universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda xalqaro dasturlarda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yengil sanoat va to‘qimachilik yo‘nalishlarida ta’lim sifatini oshirish, innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha fikr almashildi.

Shundan so‘ng, xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va tajriba almashishni faollashtirish maqsadida Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Gʻ.Oʻrazboyev boshchiligida Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti vakillari ishtirokida hamkorlikni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Ulashish