Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yoshlar kelajagi — doimiy e’tiborda


Bugun, 26-fevral kuni Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i U.Raupov Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.  Xususan, talabalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport inshootlari va ularning jihozlanish darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, universitetda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, talabalarning ilmiy va ijodiy yutuqlari aks etgan taqdimot bilan tanishdi.

Tashrif davomida yoshlar tarbiyasi, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda ta’lim muassasasida xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ulashish