Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda jamoa shartnomasi ijrosi va yangi davr vazifalari muhokama qilindi


2026-yilning 28-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasida 2023-2025-yillarga moʻljallab tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarining 2025-yilda bajarilishi hamda 2026-2026 yillarga jamoa shartnomasini tasdiqlashga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi. 

Unda fakultet va boʻlimlardan 207 nafar delegat ishtirok etdi. Konferensiyani Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor D.Ibadullayev olib bordi.  Dastlab universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Q.Xamrayevlarning  “UrDU ma’muriyati bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi  o‘rtasidagi Jamoa shartnomasi bandlarining 2025-yildagi bajarilish ahvoli” yuzasidan hisobotlari tinglandi. 

Shundan soʻng,  “UrDU ma’muriyati bilan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi  o‘rtasida xodimlar va talabalarning mehnatini muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta’minlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun tuzilgan kelishuv bandlarinig bajarilishi va 2026-yil uchun kelishuvni tasdiqlash”, “2026-2028-yillarga mo‘ljallab tuzilgan Jamoa shartnomasini tasdiqlash” masalalari muhokama qilinib, bu borada delegatlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. 

Yigʻilish natijalariga koʻra, 2026-2028 yillarda kasaba uyushma aʼzolari va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida universitet ma’muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2026-2028-yillar uchun tuzilgan Jamoa sharnomasi tasdiqlandi.

Ulashish