Joriy yilning 10-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasining "Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "O'zbek adabiyotini o'qitishning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-uslubiy seminari bo'lib o'tdi.
Seminar yig'ilishida O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti S.Matkarimova "Avaz qit'alarida Navoiyga izdoshlik" mavzusida, magistrant K.Komiljonova "Ogahiy lirikasini o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish" mavzusida ma'ruza qildilar.