Close
Skip to main content


Rektor IT yo‘nalishidagi fakultetlar faoliyati bilan tanishdi


Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova Telekommunikatsiya texnologiyalari hamda Kompyuter injiniring fakultetlarida boʻlib, sharoitlar bilan tanishdi.

Jarayon davomida o‘quv auditoriyalari va ilg‘or laboratoriyalar ko‘zdan kechirildi, dars jarayonlari kuzatildi. Ayniqsa, IT yo‘nalishida izlanish olib borayotgan talabalar bilan muloqot o‘rnatilib, ularning innovatsion g‘oyalari va amaliy loyihalari yuqori baholandi.

Rektor “Inkubatsiya markazi” faoliyati bilan tanishar ekan, bu yerda startap loyihalar ustida ishlayotgan yoshlarning tashabbuskorligi va kreativ yondashuvini alohida e’tirof etdi. Ularning har bir g‘oyasi ortida kelajak texnologiyalarining poydevori yotganini ta’kidlab, doimiy qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.

Shuningdek, “Muhandislik maktabi”da amalga oshirilayotgan “Urganch aqlli shahar” yirik loyihasi doirasida iqtidorli talabalarning ishlanmalari bilan tanishgan Feruza Madraximova ularning salohiyatini eʼtirof etib, mas’ullarga ushbu iqtidorli yoshlar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Ulashish