Close


Bosh vazir oʻrinbosari Zulayho Mahkamova UrDU talabalari bilan muloqot qildi


Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Mahkamova Zulayho Bahriddinovna Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.  

Tashrif doirasida universitet talaba-qizlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o’rinbosari Nigora Kutlimuratova, "O'zbekiston Qahramoni" Anora Mahmudova va boshqa viloyatimizning bir guruh ilm-fan sohasida yetakchi ayollari ishtirok etdi. Uchrashuvni UrDU rektori Feruza Madraximova kirish soʻzi bilan ochib berdi. 

Zulayho Mahkamova o‘z nutqida yurtimizda yoshlarga, xususan, qizlarning ta’limi, kasbga yo‘naltirilishi va jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Yoshlarning yetakchilik salohiyatini oshirish, ularni davlat va jamoat boshqaruvida faol ishtirok etishga undash, shuningdek, gender tengligi va huquqiy ongni rivojlantirish masalalari qayd etildi. 
Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xotin-qizlarning hayotda munosib o‘rin topishi, puxta ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun olib borilayotgan islohotlar bugun o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. 

Muloqot davomida qizlarni oilaga tayyorlash, erta nikohning salbiy oqibatlari, avvalo, hayotiy tajriba va mas’uliyatni his etgan holda oila qurish muhim ekani alohida ta’kidlandi. 

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv talab-qizlar o`z fikr-mulohazalari bilan faol qatnashdilar.

Ulashish