Urganch davlat universitetida “Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari Rustam Qoriyev, “Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov hamda “Ustoz AI” loyihasi rahbari Orian Mexroj Rashidov mehmon bo‘lib, universitet talabalari bilan muloqot qilishdi.
Uchrashuv davomida o‘z faoliyatlari, amalga oshirilayotgan loyihalarning mazmun-mohiyati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ayniqsa, kitobxonlik madaniyatini oshirish, chet tillarini o’rganish, sun’iy intellektdan samarali foydalanish borasidagi fikrlar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Samimiy ruhda kechgan muloqot jarayonida faol bo‘lgan talabalarga platformalardan foydalanishlari uchun Gold va Premium kartalar sovg‘a qilishdi.


.jpg)

.jpg)

