Close
Skip to main content


Sharipov Rasulbek Axmedovich Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.


Tayinlovga qadar Urganch davlat universiteti Matematik tahlil kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. R.Sharipov 20 yildan ortiq ilmiy-pedagogik, shuningdek, xalqaro ilmiy maktablar va konferensiyalarni tashkil etish, iqtidorli talabalarni olimpiadalarga tayyorlash hamda ilmiy loyihalarda qatnashish bo‘yicha tajribaga ega. Uning ilmiy ishlari zamonaviy matematik analiz va potensiallar nazariyasi yo‘nalishidagi nazariy masalalarni yechishga qaratilgan bo‘lib, xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda bir qator maqolalari chop etilgan. Jumladan, 70 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta darslik muallifi.

Fizika-matematika fakulteti jamoasi nomidan R.Sharipovni boshlagan yangi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!

Ulashish