Close
Skip to main content


Xiva tumani hokimi Sardor Polvonov universitetning xivalik talabalari bilan muloqot qildi


Urganch davlat universitetida Xiva tumani hokimi Sardor Polvonov  tuman prokurori  Alisher Ro‘zmetov hamda tuman IIB boshligʻi Akmal Matchanov hamrohligida universitetida tahsil olayotgan xivalik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvni universitet rektori Feruza Madrahimova ochib berib, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, Sardor Polvonovning yosh, tashabbuskor rahbar sifatidagi faoliyati e’tirof etilib, u ko‘plab yoshlar uchun shaxsiy namuna ekani alohida ta’kidlandi, universitetimizni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchisi sifatida e’tirof etildi. 

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqot davomida hokim yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish masalalariga to‘xtaldi. Talabalar tomonidan bandlik, tadbirkorlik va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha berilgan savol hamda takliflar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq fikrlar bildirildi.

Ulashish