Janubiy Koreyaning eng nufuzli ilmiy-texnologik oliy ta’lim va tadqiqot muassasalaridan biri Tegu-Kyongbuk fan va texnologiyalar institutining vitse-prezident o‘rinbosari Han Ju Tak va Texnologiya va innovatsiyalarni boshqarish bo‘yicha aspirantura maktabi dekani Wujin Chu Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitet rektori Feruza Madrahimova qabul qildi. Muloqot jarayonida matematika hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar almashinuvi dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilinib, koreyalik mutaxassislar universitet bitiruvchilarini ilmiy-amaliy stajirovkalarga jalb etish, istiqbolli yoshlarni magistratura bosqichida tahsil olish uchun taklif qilish tashabbusini ilgari surdilar. Muzokaralar natijasida ikki tomonlama hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolashga kelishildi.

.jpg)


