Close
Skip to main content


Milliy san’atimiz Xivaning betakror tarixiy maskanida jarang sochdi


Bugun milliy san’atimiz nafaqat sahnalarda, balki tarixiy obidalar bag‘rida ham o‘zining betakror jozibasini namoyon etmoqda.

Urganch davlat universiteti San’at kafedrasining “Navobaxsh” ansambli tomonidan qadimiy Xivaning betakror tarixiy maskani — “Ichan qalʼa” majmuasida milliy san’atimizni targ‘ib etishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar tashkil etildi.

Xorazmning boy musiqiy merosi, qadimiy an’analari va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ushbu dastur nafaqat viloyatimiz ahli, balki dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlarning ham diqqat-e’tiborini tortdi.

Milliy cholg‘ular sadolari ostida yangragan kuylar, milliy liboslar jilosi va raqs san’atining nafis uyg‘unligi qadimiy Xiva muhitiga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Sayyohlar o‘zbek xalqining boy madaniyati va san’atiga yuksak qiziqish bildirib, ijrolarni olqishlar bilan qarshi oldilar.