Bugun Urganch davlat universitetida universitet rektori Feruza Madrahimovaning navbatdagi uchrashuvi IT yo’nalishlarida tahsil olayotgan yoshlar, xususan, Telekommunikatsiya texnologiyalari hamda Kompyuter injiniring fakultetlari talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.
Rektor talabalar bilan muloqot davomida bugungi kunda yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar haqida to‘xtaldi, ayniqsa, raqamli texnologiyalar sohasining rivojlanib borayotgani, istiqbollari hamda bundan samarali foydalanish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlari muhim ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, universitetda “Spin-off” laboratoriyalarini rivojlantirish, innovatsion loyihalar, robototexnika yo‘nalishida turli tanlovlar tashkil etish yuzasidan takliflar qo’llab-quvvatlandi. Ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



.jpg)

.jpg)

.jpg)

