“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichida faxrli 2-o`rinni qo'lga kiritganligi uchun Urganch davlat universiteti sportchi-talabalari hamda murabbiylari jamoasi universitet rektori buyrug‘iga muvofiq, quyidagi tarzda rag‘batlantiriladi:
1-o‘rin sohiblari uchun — bazaviy stipendiyaning 10 baravari;
2-o‘rin sohiblari uchun — bazaviy stipendiyaning 8 baravari;
3-o‘rin sohiblari uchun — bazaviy stipendiyaning 6 baravari.
Shuningdek, sportchi-talabalarni yuksak natijalarga tayyorlagan murabbiylarning mehnati ham munosib e’tirof etiladi.
Yakka tartibdagi sport turlari murabbiylari uchun:
1-o‘rin uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari;
2-o‘rin uchun — 5 baravari;
3-o‘rin uchun — 4 baravari.
Jamoaviy sport turlari murabbiylari uchun:
1-o‘rin uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari;
2-o‘rin uchun — 3 baravari;
3-o‘rin uchun — 2 baravari.
Mazkur rag‘batlantirish tizimi universitetda sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchi-talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda murabbiylarning fidokorona mehnatini munosib qadrlashga qaratilgan.
G‘olib va sovrindor talabalarimiz hamda ularning murabbiylarini navbatdagi yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz! Yangi zafarlar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
