Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Yazguli Mammedovning Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan turkmanistonlik talaba-yoshlar bilan onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi


2020 yil 21 aprel kuni Zoom dasturi orqali  Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Yazguli Mammedovning  Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan turkmanistonlik talaba-yoshlar bilan onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi. Muloqotda shuningdek, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullaev ham ishtirok etdi. Universitet rektori  muloqot jarayonida universitetda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan masofaviy ta’lim jarayoni, turkmanistonlik talaba-yoshlar uchun talabalar turar joyida  yaratilgan shart–sharoitlar to‘g‘risida aytib o‘tdi. Turkmaniston elchisi talabalar bilan qilgan onlayn suhbati davomida talabalarning fikr-mulohazalarini ham tinglab, horijlik talabalarga yaratilgan sharoitlar uchun universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

Ulashish: