Close
Skip to main content


UrDU va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatildi


Joriy yilning 10-12 iyun kunlari Ispaniya Qirolligida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro forumda O‘zbekistondan 30 nafarga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jumladan, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ham ishtirok etdi.

Forum doirasida rektor F.Madrahimova Ispaniyaning qator nufuzli universitetlari rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda oliy ta’lim, ilm-fan, akademik almashinuv va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Rey Xuan Karlos universiteti, Kadis universiteti hamda Saragosa universiteti bilan  hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Ushbu kelishuvlar Urganch davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, ta’lim va ilm-fan sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, universitetning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.