Bugun Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati hokimi sovrini uchun oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida fan olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Dastlab olimpiadani universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘.Raximov ochib berib, barcha ishtirokchilarga olimpiada jarayonlarida muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, bunday nufuzli bilimlar bellashuvi yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda fanlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Oliy ta’lim muassasalarining saralash bosqichlarida yuqori natijalarga erishgan talabalar yakuniy bosqich doirasida test va yozma shakldagi sinovlarda ishtirok etib, o‘zaro bilim hamda mahorat borasida bellashdilar.
Ishtirokchilar oliy matematika, fizika, axborot texnologiyalari, biologiya, kimyo, O‘zbekiston tarixi, o‘zbek tili, rus tili, ingliz tili va psixologiya fanlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o'tkazdilar.


.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)