Close
Skip to main content


Rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Bugun Urganch davlat universitetida rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish universitet rektori Feruza Madrahimova raisligida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda davomida o’quv yili yakuniy imtihon jarayonlarini sifatli tashkil etish, qabul jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Ilmiy faoliyat yo‘nalishida “Spin-off” korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Ilmiy kengashlar faoliyatiga oid masalalar, iqtidorli talabalarga qo‘shimcha stipendiyalar berish tartibi va uning Nizomini ishlab chiqish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Shuningdek, Xitoyning XCMG qo’shma korxonasi va Xuzhou texnika universiteti bilan URDUda tashkil etiladigan 2+1+1 qo'shma ta'lim dasturiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini tizimli nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.