Bugun Urganch davlat universitetida viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalari talabvalari o'rtasida “Talaba Fest” festivali yuqori saviyada tashkil etildi. Dastlab festivalning ochilish marosimi o’tkazildi. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G‘.Raximov festival doirasida o’tkaziladigan barcha tadbirlarda talabalarga omad tiladi.
Festival doirasida “Eng yaxshi fotosuratlar”, “Liboslar” ko‘rgazmalari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida musiqiy namoyishlar, teatr studiyalari kompozitsion tomoshalari, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari chiqishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida iqtidorli shoir va ijodkorlar ishtirokidagi “She’riyat kechasi”, robototexnika ko‘rgazmalari, “Munozara” turnirlari, “Zakovat” intellektual o‘yini kabi yo‘nalishlar festivalga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
“Talaba Fest” festivali davomida “Talaba sport o‘yinlari” doirasida shaxmat, shashka, stol tennisi va turnikda tortilish musobaqalari ham o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarining intellektual salohiyati, chaqqonligi, kuch-g‘ayrati va sport mahoratini namoyon etib, musobaqalarga o‘zgacha shukuh bag‘ishladilar.
Yoshlarning iste’dodi, ijodkorligi, sportga qiziqishi va tashabbuskorligini namoyon etgan “Talaba Fest” festivali yoshlar uchun o‘z salohiyatini ko‘rsatish, yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish hamda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.


.jpg)

.jpg)




