Close
Skip to main content


Urganch davlat universiteti Qabul komissiyasining yigʻilishi oʻtkazildi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori, Qabul komissiyasi raisi Feruza Madrahimova boshchilogida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qabul komissiyasining barcha a’zolari ishtirok etdi.

Yigʻilishda qabul jarayonlarini samarali tashkil etish hamda mas’ullarga yuklatilgan vazifalar taqsimoti yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, qabul jarayonlarini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida shaffof va adolatli tashkil etish, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni belgilangan mezonlar asosida o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda imtixon o‘tkaziladigan hududlarni zarur texnik vositalari bilan jihozlash, korrupsion holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga tezkor va batafsil ma’lumotlar taqdim etish, “Call center” hamda “Maslahat markazlari” faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida qabul jarayonlarini ommaviy axborot vositalari, universitetning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muntazam va tezkor yoritib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.