Close
Skip to main content


UrDU, XCMG kompaniyasi hamda Xuzhou universiteti o‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolandi


18-iyun kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoyning XCMG kompaniyalar guruhi rahbarlari o’rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Shundan so’ng, ushbu bitim asosida Urganch davlat universiteti, Xitoyning XCMG kompaniyalar guruhi va Xuzhou texnika universiteti o’rtasida uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Mazkur shartnoma doirasida 2026-2027 o’quv yilidan boshlab Urganch davlat universiteti, Xitoyning Xuzhou texnika universiteti hamda XCMG kompaniyalar guruhi bilan yangi o’quv yilidan 2+1+1 qo’shma dasturi asosida texnika va mashinasozlik yo‘nalishlarida xalqaro standartlarga mos, amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlash belgilangan. Ushbu qo’shma dasturda talabalarning dual ta’limi asosiy maqsad qilib belgilangan.