Close
Skip to main content


Xitoy Xalq Respublikasining XCMG korporatsiyasi vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi


Bugun Xitoy Xalq Respublikasining yirik sanoat korporatsiyalaridan biri XCMG kompaniyalar guruhi Global ta’lim va o‘qitish markazi direktori Chjan Lina va Suychjou texnologiya universiteti vitse-prezidenti Xuan Chuanxuey boshchiligida delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasidagi universitet rektori Feruza Madrahimova ishtirokidagi rasmiy muzokaralarda Urganch davlat universiteti, Xitoyning Xuzhou texnika universiteti va XCMG kompaniyalar guruhi hamkorligida texnika hamda mashinasozlik yo‘nalishlarida tashkil etilayotgan 2+1+1 qo‘shma ta’lim dasturining tashkiliy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.

Rasmiy muzokaralardan so'ng XCMG kompaniyalar guruhi delegatsiyasi universitet Axborot-resurs markazida joylashgan "Xitoy–O‘zbekiston markazi" bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so'ng, XCMG kompaniyalar guruhi delegatsiyasi universitet rektori F. Madrahimova hamrohligida Texnika fakultetiga tashrif buyurib,  talabalarga yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriya imkoniyatlari hamda ilmiy-innovatsion loyihalar bilan tanishdilar.

Tashrif yakunida delegatsiya vakillari qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olishni rejalashtirilayotgan talabalar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida talabalarga qo‘shma ta’lim dasturining mazmuni, o‘quv jarayonining tashkil etilish tartibi, ta’lim olish bosqichlari, XCMG kompaniyalar guruhida amaliyot o‘tash va kelgusida korxonada ishlash istiqbollari haqida ma’lumot berildi.