Close
Skip to main content


“Urganch Bahmal” MCHJda bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari kafedrasi bitiruvchi talabalari tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlari himoyasi “Urganch Bahmal” MCHJ bazasida tashkil etildi.

Himoya jarayonida talabalar o‘zlarining ilmiy-amaliy tadqiqotlari, ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish mumkin bo‘lgan innovatsion taklif va ishlanmalarini Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari hamda korxona mutaxassislariga taqdim etdilar.

Bitiruv malakaviy ishlari himoyasining bevosita ishlab chiqarish korxonasida o'tkazilishi ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yengil sanoat sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.