Close
Skip to main content


Rektor Xiva shahrida o‘ziga biriktirilgan yoshlar xonadonida bo'ldi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Xiva shahridan o‘ziga biriktirilgan yoshlarning xonadonlarida bo'lib, ular bilan muloqot o‘tkazdi.

Ushbu bitiruvchilar respublikamizning turli OTMlarida tahsil olgan va ayni paytda o’qishni bitirayotgan talabalar hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu bitiruvchi yoshlar OTM diplomini olishni kutishmoqda.

Muloqot davomida rektor ularning kelgusidagi rejalari, qiziqishlari va ta’limni keyingi bosqichini (magistratura)ni davom ettirish yoki ishlash xohishi bo’yicha fikr-mulohazalarini tingladi. Kelgusida ushbu yoshlarning intilishlari hamda mavjud bilim va salohiyatidan kelib chiqib tegishli muassasalarga yo’naltirish bo’yicha tavsiyalar berdi.

Ma’lumot uchun, ushbu yoshlarning 2 nafari hozirda davlat-xususiy sheriklik MTMlariga ishga joylashgan, 1 nafari ingliz tilidan C1 sertifikatiga ega, va yana 2 nafari magistraturani davom ettirishini ma’lum qildi. Qolgan yoshlar diplomlarini olgach, ishga joylashish istagini bildirdilar.