Bugun Urganch davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimlari D.Nuriddinov va A.Niyozov tomonidan Xorazm viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv talabalarining tashabbuslari, taklif va g‘oyalarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlashni maqsad qildi.
Muloqot avvalida so’zga chiqqanlar, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va g‘oyalarini eshitish hamda ilgari surilayotgan takliflarni amaliy jarayonlarga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtaldilar. Muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarining startap g‘oyalari, IT yo‘nalishidagi innovatsion loyihalari hamda raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirishni rejalashtirayotgan tashabbuslarini taqdim etdilar. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan loyihalarning amaliy ahamiyati, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashilib, mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Tadbir davomida talabalarning ta’lim sifati, ilm-fan, innovatsiyalar, raqamlashtirish, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma hamda yoshlar siyosatini yanada takomillashtirishga oid fikr-mulohaza va takliflari tinglandi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Shuningdek, talabalar tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflarni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
.jpg)




.jpg)

.jpg)
.jpg)
