Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida iqtidorli talabalar va ularning ota-onalari e'tirof etildi


Bugun  Urganch davlat universitetida universitet rektori Feruza Madrahimovaning bir guruh iqtidorli talabalar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda rektor yoshlarning erishayotgan yutuqlarida ota-onalarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta'kidlab, farzandlarini ilm-fan, ta'lim va yuksak maqsadlar sari ruhlantirib kelayotgan ota-onalarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tadbir davomida o‘zining bilimga chanqoqligi, yuksak intellektual salohiyati, ilm-fan va ta'lim sohasidagi muvaffaqiyatlari bilan tengdoshlariga munosib o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh iqtidorli talabalarning ota-onalariga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning Tashakkurnomalari topshirildi.

Shuningdek, "Hokim stipendiyasi" hamda "Hokim olimpiadasi" sovrindori bo‘lgan 20 nafar talabaning ota-onalari universitet rektori Feruza Madrahimovaning Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan ota-onalar farzandlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va e'tibor uchun davlatimiz hamda universitet jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdilar.