Close
Skip to main content


Yurtimizda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun davlat test imtihonlari boshlandi!


Bugun, 14-iyul kuni mamlakatimiz bo‘ylab 2026-2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi.

Xorazm viloyatining ikkita hududida, jumladan, Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida hamda BMBAning Xorazm bo‘limi binosida oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari bo'lib o'tmoqda.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi oʻziga biriktirilgan BMBAning Xorazm bo‘limi binosi hududidagi test jarayonining har bir bosqichida faol qatnashib, abituriyentlarning imtihonga kirish-chiqishidagi tartib-intizomni saqlash, shuningdek, ularning shaxsiy buyumlarini tegishli tartibda xavfsiz joylarda saqlashga ko'maklashmoqda. Bu esa har bir abituriyent uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelgan ota-onalar uchun universitet tomonidan maxsus kutish joylari hamda test sinovlarini bevosita kuzatish imkonini beruvchi monitorlar tashkil etilgan. Ushbu kutish joylari zamonaviy jihozlangan, qulay va salqin muhitda joylashgan bo‘lib, ota-onalar test jarayonini jonli efirda kuzatib borishmoqda.