Bugun, 16-iyul kuni Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarning oxirgi kuni bo'lib o'tdi.
Imtihonlarning so‘nggi kunida Sport faoliyati: dzyudo hamda Sport faoliyati: yengil atletika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlarning bilim va amaliy ko‘nikmalari baholandi.
Ma'lumot o'rnida, universitetda kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan grafik va tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazildi. Imtihonlar Cholg‘u ijrochiligi, Vokal san’ati, Rangtasvir, Amaliy san’at, Arxitektura hamda Sport faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi. Mazkur yo'nalishlar bo'yicha jami 869 nafar abituriyent imtihonlarda ishtirok qildi.
Imtihonlarning adolatli, ochiq va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida jarayonlarni onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, sinovlar mas’ul komissiya a’zolari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” bo‘limi nazoratida, videokuzatuv kameralari orqali doimiy kuzatuv ostida tashkil etildi.
Qolaversa, kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi farzandlariga ruhiy dalda bo‘lish maqsadida ular bilan birga kelgan ota-onalar va yaqinlari uchun universitetda maxsus shinam va salqin kutish joylari tashkil etildi. Ota-onalar fanzandlarini imtihon topshirish jarayonlarini ushbu kutish joyida monitor orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishdi.


.jpg)
.jpg)


.jpg)
