Close
Skip to main content


Yosh va muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi


Bugun Urganch davlat universitetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Biznesning oshkora sirlari” mavzusida muvaffaqiyatli tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori Feruza Madrahimova ishtirok etib, uchrashuv mehmonlarini talabalarga yaqindan tanishtirdi. Bugungi kunda ularning nafaqat tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyat qozonayotganlari, balki ta’lim markazlari orqali yoshlarning bilim olishi, kasbiy rivojlanishi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotganlarini e’tirof etdi.

Uchrashuv mehmonlari – “DATA” ta’lim stansiyasi asoschisi va rahbari Shahzod Sobirov hamda “HARVARD SCHOOL” o‘quv markazi rahbari Dilshod Atamuratov talabalar bilan o‘zlarining muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari, tadbirkorlik faoliyatidagi tajribalari va hayotiy saboqlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Muloqot davomida biznesni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy ta’limning o‘rni, liderlik fazilatlarini rivojlantirish, tavakkalchilik va qat’iyatning muvaffaqiyatdagi ahamiyati haqida fikr almashildi.