Close
Skip to main content


Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi


Bugun Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining universitet bosqichi imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi PF–6309-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-iyundagi 239-son buyrug‘i asosida tashkil etildi.

Tanlov doirasida:
magistratura bosqichi talabalari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipendiyasi;
bakalavriat bosqichi talabalari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari uchun universitet bosqichida ishtirok qildilar.

Talabgorlar O‘zbekiston tarixi va Chet tili fanlaridan suhbat asosida o‘z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.