Close
Skip to main content


UrDU talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar


28-iyul kuni Urganch davlat universitetining 50 nafar talabasi Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar markazda jamlangan noyob qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, bebaho eksponatlar hamda xalqimizning ko‘p asrlik ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini yoritib beruvchi zamonaviy ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif yoshlarning boy tarixiy merosimiz haqidagi bilim va tasavvurlarini yanada kengaytirish, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissini chuqurroq anglashlariga xizmat qildi. Shuningdek, sayohat talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat, tariximizga daxldorlik va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Islom sivilizatsiyasi markaziga uyushtirilgan ushbu tashrif talabalar uchun nafaqat tarix bilan yaqindan tanishish, balki ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ilmiy va ma’naviy merosning bugungi taraqqiyotimizdagi o‘rnini teran his etish imkonini ham berdi.