Close
Skip to main content


UrDUda ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi


Bugun Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlari doirasida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi.

Abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishlariga mos mutaxassislik fanlari bo‘yicha suhbat jarayonlarida ishtirok etmoqda. Imtihonlar maxsus komissiya a'zolari ishtirokida belgilangan tartib asosida o'tkazilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, 30-iyul kuni kirish imtihonlarining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tadi. Unda abituriyentlar majburiy fanlar — matematika, tarix va ona tilidan imtihon topshiradilar.

Universitet ma’muriyati tomonidan imtihon jarayonlarining xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash, shuningdek, abituriyentlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.