Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



COVID-19 pandemiyasi haqida


Manba: Vikipediyada

COVID-19 pandemiyasi — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi. Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi. 2020-yilning 21-apreliga qadar virusni 180 dan oshiq mamlakat va 200 dan oshiq hududda yashovchi 2.47 milliondan oshiq odam yuqtirdi; 170 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 651 000 dan oshiq odam esa tuzaldi. Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.

Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi. Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin. Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir. Kasallik bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish, boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi.

Kasallik tarqalishi oldini ilish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi choralar koʻrildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy qilindi, Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi, turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi, aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga qoʻyildi, virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar eʼlon qilindi. Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir koʻrsatdi.[23] Oʻzbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi.

Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi, sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi, dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi.[26][27] Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi, turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi.

Manba: Vikipediyada

Ulashish: