Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi


Urganch davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yilida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, ota-onalar hamda bitiruvchi magistrlar ishtirok etdilar.

Mazkur marosimda universitet rektori Feruza Madrahimova so‘zga chiqib, bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim bosqich — magistratura ta’limini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy tabrikladi hamda ularga kelgusidagi ilmiy faoliyati va ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ta’kidlanganidek, 2025/2026-o‘quv yilida Urganch davlat universitetining 46 ta mutaxassislik bo‘yicha 391 nafar magistratura bosqichi bitiruvchisi o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladi.

Tantanali marosim bitiruvchilarning yorqin taassurotlari, samimiy tilaklari va ko‘tarinki kayfiyati bilan yanada fayzli o‘tdi.