Close
Skip to main content


UrDUda sportchi yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi


Bugun, payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova universitetning sportchi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida sportchi talabalarning respublika va xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari e’tirof etildi. Shuningdek, yoshlarning sport sohasidagi faolligi, erishilgan natijalari hamda kelgusidagi maqsad va rejalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida sportchi yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda mavjud masalalarni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida sportchi yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning yangi marralarni zabt etishlari uchun zarur sharoitlarni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.