Close
Skip to main content


“TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasida UrDU jamoasi faol ishtirok qildi


Bugun Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rgazmada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi o‘z pavilyoni bilan faol ishtirok etdi. Pavilyonda universitetning ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy va innovatsion ishlanmalari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar keng namoyish etildi.

Kasb ko'rgazmasida viloyatdagi barcha OTM rektorlari ham ishtirok qildi. Xususan, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ham ishtirok etib, bitiruvchi talabalar bilan muloqotda bo'ldi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda tadbirkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur ommaviy tadbirda viloyatimizning 100 dan ortiq nufuzli tashkilot va yirik korxonalari o‘zlarining 1500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida UrDU bitiruvchilari ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, mavjud vakansiyalar, amaliyot va stajirovka dasturlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.