Close
Skip to main content


Yoshlar ishlari agentligi direktori Kimyoviy texnologiya fakultetida bo'ldi


Bugun Urganch davlat universitetining Kimyoviy texnologiya fakultetiga Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev tashrif buyurdi. Tashrif davomida fakultetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, fakultet foyesida namoyish etilgan professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalari, innovatsion loyihalari hamda amaliy tadqiqot natijalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif doirasida A.Sa'dullayev tomonidan fakultetda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr bildirilib, yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini yanada keng qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.