Close
Skip to main content


Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim vazifalar belgilandi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova raisligida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik bo’yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda 2026/2027-o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish masalalariga qaratildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilidan 5 kunlik ish rejimiga o‘tish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, o’quv-me’yoriy hujjatlarni shakllantirish, HEMIS axborot tizimini yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatga keltirish, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, talabalarni TTJlarga joylashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida masalalar yuzasidan aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilab berildi.