Close
Skip to main content


5 yillik stajga ega bo'lgan fuqarolarni oliy ta'limga qabuli yuzasidan suhbat jarayonlari bo'lib o'tmoqda


Ayni paytda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur qabul jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli xati asosida tashkil etilmoqda.

Bugun Energetika muhandisligi, Axborot tizimlari va texnologiyalari, Yengil sanoat muhandisligi hamda Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilmoqda. Jami 12 nafar talabgor suhbatda ishtirok etishi belgilangan.

Suhbat jarayonlari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha soha mutaxassislari va professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan komissiyalar ishtirokida olib borilmoqda. Jarayonlarda shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga alohida e’tibor qaratilgan.