Close
Skip to main content


Xalqaro Matematika konferensiyasi o‘z ishini yakunladi


Urganch davlat universitetida 24–28-avgust kunlari davomida bo‘lib o‘tgan “Diofant yaqinlashtirishlari va tutash masalalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori Feruza Madrahimova ishtirok etib, konferensiya qatnashchilariga minnatdorchilik bildirdi. Rektor xalqaro ilmiy konferensiyaning yuqori saviyada o‘tkazilgani, unda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok etgani muhim ahamiyat kasb etishini aytib, kelgusida yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirishda o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga to’xtalib o’tdi.

Yopilish marosimida konferensiyada faol ishtirok etgan olim va mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada dunyoning 13 ta davlatidan 27 ta universitet va ilmiy-tadqiqot muassasasi vakillari, jumladan, 37 nafar xorijiy olim va mutaxassis ishtirok etdi.