Close
Skip to main content


Urganch davlat universiteti maktabida "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri o’tkazildi


Bugun Urganch davlat universitetining Fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabida yangi 2026/2027-o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda universitet rektori Feruza Madrahimova ishtirok etib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi, bilim olishda ulkan muvaffaqiyatlar, yuqori natijalar hamda kelgusidagi faoliyatlarida zafarlar tiladi.

Tadbirda maktab rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bayramona muhitda o‘tgan marosim davomida maktab o’quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Yangi o‘quv yili barchaga ulkan zafarlar, yuqori natijalar olib kelsin!