Close
Skip to main content


Urganch davlat universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yangi rais saylandi


Bugun Urganch davlat universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rektori Feruza Madrahimova, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Muyassar Raximova hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, qo‘mita raisi lavozimida ishlab kelgan Q. Hamrayevning boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etish haqidagi arizasi ko‘rib chiqildi va qanoatlantirildi.

Shundan so‘ng, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga yangi rais saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan Inomjon Yusubov nomzodi ma’qullanib, bir ovozdan qo‘mita raisi etib saylandi. Inomjon Yusubov bugungi kunga qadar universitetning Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Yangi raisga kasaba uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jamoa manfaatlarini munosib himoya qilish hamda xodimlar uchun yanada qulay mehnat va ijtimoiy sharoitlarni yaratish yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

Yig‘ilish yakunida tegishli tashkiliy qarorlar qabul qilindi.