Close
Skip to main content


Tanishuv haftaligi


2026-yilning 9-sentyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Psixologiya va san’at fakultetida “Tanishtiruv haftaligi” doirasida 1-bosqich talabalari uchun Fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B. Aminov rahbarligida 1-bosqich talabalari universitetning Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalarga Axborot-resurs markazining faoliyati, mavjud adabiyotlar va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalarga dars jarayonida zarur bo‘ladigan o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlardan samarali foydalanish, mustaqil ta’limni to‘g‘ri tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur tashrif 1-bosqich talabalarining universitet hayotiga tezroq moslashishi, ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi va mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.