Close
Skip to main content


Bugunning lider talabasi — ertangi kunning yetakchisi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova universitetning faol va tashabbuskor talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarning liderlik qobiliyatini shakllantirish, tashabbuskor bo‘lish, aniq maqsad sari intilish va shaxsiy rivojlanish ustida izchil ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish, ta’lim, ilm-fan, ijod, tadbirkorlik va innovatsiyalar yo‘nalishida o‘z salohiyatini namoyon etish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuvda talabalar o‘zlarining g‘oya, taklif va loyihalarini bildirdilar. Rektor yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.