Close
Skip to main content


Rektor Filologiya fakulteti jamoasi bilan uchrashdi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova kunning ikkinchi yarmida navbatdagi uchrashuvni Filologiya fakulteti jamoasi bilan o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida fakultet dekani Dilshod G‘ayipov tomonidan 2025/2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Taqdimot davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, fakultetning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xorijiy professor-o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga jalb etish, o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, to‘garaklar faoliyatini kuchaytirish, davlat stipendiatlari safini kengaytirish, ilmiy tadqiqotchilar va talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Uchrashuv davomida fakultet jamoasining fikr va takliflari ham tinglanib, bildirilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.