Close
Skip to main content


Rektor Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi bilan uchrashdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova kunning ikkinchi yarmida Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida fakultet dekani Sanjarbek Sadullayev tomonidan 2025/2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Uchrashuvda ilmiy laboratoriyalar faoliyatini rivojlantirish va ularning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan samarali foydalanish, ilmiy maktablarni yo'lga qo'yish, ilmiy-nazariy seminarlarni keng ko'lamda tashkil etish, o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish, darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish hamda nashr etish masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy professor-o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga jalb etish, professor-o‘qituvchilarni xorijiy stajirovkalarga yuborish, TOP-300 talikka kiruvchi nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Muloqotda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, talabalar amaliyotini mutaxassislikka mos korxona va tashkilotlarda tashkil etish, dual ta’limni rivojlantirish, stipendiatlar safini kengaytirish, iqtidorli talabalar bilan manzilli ishlash, to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish hamda talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish bo‘yicha vazifalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Urganch davlat universiteti rektori tomonidan kelasi yil yanvar oyidan boshlab, universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida ilmiy loyihalar uchun grantlar ajratilishi jamoaga ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar berildi.