Close
Skip to main content


“Payshanba — Yoshlar kuni”: rektorning talabalar bilan velosiped sayri va samimiy muloqoti


“Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamda iqtidorli talabalar ishtirokida yangi stadion hududida velosiped sayri tashkil etildi.

Velosiped sayridan so‘ng tadbir ochiq osmon ostida, bir finjon qahva va shirinliklar ustidagi samimiy muloqot bilan davom etdi. Suhbat davomida rektor yoshlar bilan ilm olish, maqsad sari intilish, o‘z ustida muntazam ishlash va do‘st tanlash kabi muhim mavzularda fikr almashib, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Rektor ularning fikrlarini tinglab, yoshlarning g‘oya va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

Tadbir kuy-qo‘shiqlar, turli o‘yinlar va ko‘tarinki kayfiyat bilan davom etdi.